Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada YouTube’ning muqobili sifatida yaratilgan platforma ishdan chiqdi - OAV
Mamlakatda oldinroq uchta videoxosting ishga tushirilgan - RuTube, VK va Nuum. Ammo ulardan birortasi YouTube’ga sezilarli raqobat tug‘dira olmadi.
Rossiyada YouTube videoxostingi muqobili sifatida ishlab chiqilgan «Platforma» mamlakatda Google servislari bloklanishi boshlangach ishlamay qoldi. Rossiya videoxostingiga kirib bo‘lmayapti, uning asosiy sahifasida esa «Saytda texnik ishlar olib borilmoqda» yozuvi paydo bo‘lgan.
«Platforma» Rossiyada 2024 yilning iyunida YouTube’ning o‘rnini bosuvchi videoxosting sifatida ishga tushirilgan. Rteam kompaniyasi dasturchilari yangi videoservisning interfeysi va funksionalligini maksimal darajada YouTube’ga o‘xshash qilib yaratgan.
«Platforma»da Rossiya qonunchiligini buzadigan kontent hamda «Rossiyaga qarshi qaratilgan» videoroliklarni cheklaydigan moderatsiya tizimi mavjud.
Rteam 2022 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning asoschisi TV-Novosti hisoblanadi — notijoriy tashkilot Margarita Simonyanning Russia Today telekanalini ham boshqaradi.
Rossiyada oldinroq uchta videoxosting ishga tushirilgandi: RuTube, VK va Nuum. Davlat dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Anton Gorelkinga ko‘ra, ulardan birortasi YouTube’ga sezilarli raqobat tug‘dira olmagan.
Avvalroq Murmanskdan Vladivostokkacha bo‘lgan foydalanuvchilar YouTube'ga kirish va videolarni tomosha qilishda muammolar borligidan shikoyat qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Iyul oyi o‘rtalarida «Rostelekom» operator tarmoq infratuzilmasida foydalaniladigan Google uskunasi ishlashidagi texnik nosozliklar tufayli Rossiyadagi foydalanuvchilar uchun YouTube’dagi ehtimoliy uzilishlar haqida ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
15:38 / 24.12.2024