Jahon | 09:04 / 01.08.2024
1639
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy elchisi Germaniya TIVga kiberhujum munosabati bilan chaqirildi

2021 yilda Federal kartografiya va geodeziya idorasiga kiberhujum aniq Xitoyga tegishli, deya ma’lum qildi Berlin. Germaniya 1989 yildan beri birinchi marta Xitoy elchisini chaqirtirdi.

Foto: Pixabay

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Xitoy elchisini Germaniya departamentlaridan biriga uch yil avval sodir etilgan kiberhujum munosabati bilan chaqirtirdi. 2021 yilda Federal kartografiya va geodeziya idorasiga (BKG) hakerlar hujumi «josuslik maqsadida» amalga oshirilgan va hozirda buning ortida Xitoy hukumati organlari turgani isbotlangan, dedi 31 iyul, chorshanba kuni Germaniya TIV vakili.

Germaniya hukumati «eng qat’iy tarzda» hujumni qoraladi va Pekinni «bunday harakatlardan tiyilishga» chaqirdi. Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer «jiddiy kiberhujum» haqida ma’lum qildi, bu Xitoyning Germaniyaga qarshi bunday harakatlar qilish xavfi qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadi.

Kartografiya va geodeziya boshqarmasiga kiberhujum

Frankfurt-Mayndagi Federal kartografiya va geodeziya idorasi boshqa davlat idoralari va muhim infratuzilma operatorlarini kartografik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, deya ma’lumot berdi BKG'ni nazorat qiluvchi Germaniya Ichki ishlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kiberhujumni amalga oshirish uchun tajovuzkorlar o‘zlarining izlarini yashirish maqsadida shaxslar va kompaniyalar so‘nggi nuqtalaridan yashirincha foydalanganlar. Ularning harakatlari aniqlangach, hujumlar «butunlay to‘xtatildi» va zarar ko‘rgan bo‘limda qo‘shimcha himoya choralari ko‘rildi, deya ta’kidlanadi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Xitoy elchisini oxirgi marta 1989 yilda Pekindagi Tyananmen maydonidagi namoyishlarning o‘ta shafqatsizlarcha bostirilishi munosabati bilan chaqirgan edi.

Mavzuga oid