Toshkentda Tracker piyodalar o‘tish joyida piyodani urib ketdi
Amir Temur shoxko‘chasida ro‘y bergan YTHda piyoda jarohat olgan. Holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker avtomashinasi piyodani urib yubordi.
Poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, 2 avgust kuni soat 19:10 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida haydovchi R.Q. (1999 yilda tug‘ilgan) Tracker avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Ch.A.ni (2002 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda jarohatlangan, unga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:14
Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
08:50
Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
14:07 / 21.09.2024