Tramp Fox News telekanalida Kamala Harris bilan bahslashishga rozi bo‘ldi
Telekanal an’anaviy tarzda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Kamala Harris hali bu taklifga javob bermadi.
AQSh sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp 4 sentabr kuni demokratlar nomzodi Kamala Harris bilan jonli efirda debat qilishga rozi bo‘ldi.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Fox News telekanali bilan debat bo‘yicha kelishib olganini yozdi. Siyosiy pozitsiyalar bo‘yicha ommaviy munozaralar Pensilvaniya shtatida o‘tkazilishi kerak.
«Muhokama jarayoni Bret Bayyer va Marta Makkallum tomonidan boshqariladi. Qoidalar «Uyquchan Jo» (AQSh prezidenti Jo Bayden) bilan bo‘lgan bahsimizdagidek qoladi», deb yozdi Tramp.
Trampning aytishicha, bahs odamlar gavjum maydonda bo‘lib o‘tadi. «Ma’lumki, demokratlar mag‘lubiyatini tan olgan nomzodni norasmiy ravishda yangi nomzod bilan almashtirdi. Avval hech qachon bunday qilinmagan va men buni demokratiyaga tahdid deb bilaman. Ammo men bu «to‘ntarish» oqibatlari bilan to‘qnashishga tayyorman. Men bahsda Jo o‘rniga «aqldan ozgan Kamala» bilan tortishishga tayyorman», dedi u.
Prezidentlikka nomzodning ta’kidlashicha, Bayden bilan «jang» uchun yuzlab million dollar, vaqt va mehnat sarflagan.
«Endi ular yangi nomzodni maydonga tushirishdi. Bu adolatsizlik, lekin voqe’lik shunday. Nomzod kim bo‘lishidan qat’i nazar, ular bir xil muvaffaqiyatsiz siyosatga ega va bu 4 sentabrda aniq bo‘ladi. 4 sentabr kuni Kamala Harris bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman», dedi Tramp.
Kamala Harris hali Fox News taklifiga javob bermadi.
Fox News telekanali an’anaviy tarzda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadigan qurultoyida rasman tasdiqlanishi kerak.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
21:45 / 13.11.2024