Fan-texnika | 21:09 / 06.08.2024
3641
2 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi iOS 18 beshinchi beta-versiyasini taqdim qildi

Asosiy yangilik: foydalanuvchilar iltimosiga ko‘ra, Photos ilovasi dizayni o‘zgartirildi.

Foto: Getty Images

Amerikaning Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimining beshinchi beta-versiyasini chiqardi, u Photos ilovasi dizaynini yangiladi va Safari brauzeriga yangi funksiyalar qo‘shdi. Kompaniya iOS 18 barqaror versiyasini kuzda chiqarishni rejalashtirmoqda.

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar iltimosiga ko‘ra, Photos ilovasi dizaynini o‘zgartirdi: endi asosiy fotosuratlar tarmog‘idan turli xil suratlar to‘plamini ko‘rish imkoni bo‘lmaydi. Takrorlanuvchi elementlarni olib tashlash orqali ishlab chiquvchilar dasturdagi chalkashliklarni kamaytirgan.

Endi setkaga ko‘proq fotosurat sig‘adi, uni yuqoriga tortish orqali to‘plamlarni ko‘rish mumkin. Bir nechta albomi bo‘lgan foydalanuvchilar ularni ilovaning yuqori qismida ko‘radi va yaqinda saqlangan kontent endi Recent Days to‘plamiga joylashtiriladi.

Safari brauzerida endi veb-sahifalardagi chalg‘ituvchi elementlarni yashirish mumkin, masalan, reklama so‘rovlari, cookie bannerlari va boshqalar. Biroq reklamalarni bloklash imkonsiz, chunki funksiya faqat statik elementlar bilan ishlaydi.

Apple avvalroq iOS 18 ga yo‘qolgan yoki shikastlangan surat va videolarni tiklash imkoniyatini qo‘shgan edi.

Mavzuga oid