BAA va Fransiya yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi
Telefon muloqoti chog‘ida prezidentlar «barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka va keskinlikni kamaytirishga» chaqirdi.
BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Al Nahayon Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi tufayli Isroil va Eron o‘rtasida ziddiyat kuchayishi natijasida yuzaga kelgan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
WAM ma’lumotlariga ko‘ra, telefon orqali muloqot chog‘ida yetakchilar «mintaqaviy va xalqaro voqealar, xususan, Yaqin Sharqdagi keskinlik, G‘azo sektoridagi gumanitar inqiroz va bu yo‘nalishda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni» muhokama qilgan.
Al Nahayon va Makron «barcha tomonlarni mintaqa tinchligi va barqarorligiga tahdid soluvchi keyingi inqirozlardan himoya qilish uchun maksimal darajada vazminlikka va keskinlikni kamaytirishga» chaqirdi.
Suhbatda, shuningdek, «G‘azo sektorida zudlik bilan va o‘t ochishni doimiy to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish, keng qamrovli, adolatli va mustahkam ikki davlat tinchligiga erishish uchun aniq yo‘lni topishga harakat qilish zarurligi» ta’kidlandi.
Mavzuga oid
13:52 / 20.11.2024
Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
14:15 / 12.11.2024