Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Beruniy ko‘chasida kuzatilgan YTHga avtomashinalardan birining haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgani sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida 7 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 7 avgust kuni soat taxminan 16:54 larda Beruniy ko‘chasida YTH sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2 ta Matiz, 1 ta Nexia-3, 1ta Tracker, 1 ta Onix, 1 ta Chery, 1 ta Isuzu rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
YTH sababi: Chery rusumli avtomashina haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.





Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025