Moskva viloyatida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilgani haqida video-material tarqaldi.
8 avgust kuni O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.
Tashrif davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlar Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlari ma’lum bo‘ldi.
9 avgust kuni ushbu fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024