O‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha vaqt berildi
Talabgorlar 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun bergan arizalarini 15 avgustgacha tahrirlashlari mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini tuzatish imkoni beriladi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (ko‘chirib tiklash) uchun topshirilgan arizalarning kamchiliklarini 2024 yil 15 avgust kuni soat 17:00 gacha tuzatishga imkon beriladi. Undan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi. Vazirlikning eslatishicha, qo‘shimcha muddat faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish uchun beriladi. Yangi ariza topshirish imkoniyati yo‘q.
Oldinroq, o‘qishni ko‘chirish testlarida 44 mingga yaqin talabgorga qatnashish uchun ruxsat berilgani ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, xorijiy va mahalliy OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15 iyuldan 5 avgustgacha davom etgandi. Oldinroq, “perevod”ni kimlar, qay tartibda amalga oshira oladi, qanday holatda o‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat berilmasligi haqida maqola e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
13:50 / 21.10.2024
Hindiston O‘zbekiston OTMda onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etishi mumkin
15:23 / 21.09.2024
“Qo‘lingdan bitta jaket sotvolish kelmaydimi, uyatsizlar...” - TDPUda forma kiymagan talabalar bosimga uchradi
14:49 / 21.09.2024
“Super kontrakt” tartibi barcha OTMlarni chalkashtiryapti. Nega komissiya qarori e’lon qilinmaydi?
15:20 / 19.09.2024