Jahon | 12:21 / 14.08.2024
4534
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi

Mixail Saakashvili tashqaridan kelgan ko‘rsatmalarga amal qilib, «qaltis harakatlar»ga qo‘l urgan, deb hisoblamoqda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi.

Foto: AFP 2024 / JANEK SKARZYNSKI

Gurjiston sobiq prezidenti Mixail Saakashvili tashqaridan kelgan ko‘rsatmalarga amal qilib, 2008 yil avgust oyida «qaltis harakatlar»ga qo‘l urdi va bu urushga olib keldi.

Bu haqda hukmron «Gurjiston orzusi – Demokratik Gurjiston» partiyasi siyosiy kengashi bayonotida aytiladi.

«2008 yil avgustida Saakashvilining qaltis harakatlari uning ruhiy beqarorligi emas, balki tashqaridan berilgan ko‘rsatmalar va puxta rejalashtirilgan xiyonat natijasidir», — deyiladi matnda.

«Gurjiston orzusi» mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun «mamlakat va xalqqa qarshi xiyonat jinoyatini kim sodir etganini» jamiyat bilishi uchun ommaviy huquqiy jarayonni tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

Mavzuga oid