Jahon | 15:00 / 17.08.2024
2465
2 daqiqa o‘qiladi

Okean suvlari isishi janubiy baliq turlarining shimolga ko‘chishiga sabab bo‘lyapti

Dengiz tadqiqotlari instituti va Norvegiya Arktika universiteti olimlari so‘nggi 30 yil ichida shimoliy okean ekotizimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi.

Foto: AP

Okean suvlarining isishi va global isish janubiy suvlarda yashovchi baliqlarni shimolga ko‘chib o‘tishga majbur qilmoqda. Bu haqda Norvegiyaning The Barens Observer gazetasi tegishli tadqiqotga tayangan holda yozmoqda.

Dengiz tadqiqotlari instituti va Norvegiya Arktika universiteti olimlari so‘nggi 30 yil ichida shimoliy okean ekotizimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi. 

Tadqiqotda aytilishicha, baliqlar migratsiyasi mintaqadagi turlar o‘rtasida o‘zaro ta’sirni o‘zgartiradi va mavjud vaziyat hozirda ushbu suvlarda topilgan baliq turlari uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Norvegiya Dengiz tadqiqotlari instituti tadqiqotchisi Ulf Lindstryomning aytishicha, ilgari Norvegiya shimolidagi odatiy ovda 6-7 xil baliq turi aniqlangan.

«Bugungi kunda 15 xil baliq turini ovlash mumkin», dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda shimoliy suvlarda baliqlarning yangi turlari, jumladan, kilka va treska paydo bo‘lgan. 

Mavzuga oid