O‘zbekiston | 13:06 / 17.08.2024
10640
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri Afg‘onistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Tashrif davomida “Tolibon” va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish masalasi muhokama qilinadi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 17 avgust kuni Kobulga tashrif buyurdi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Aripovning Kobulga tashrifidan maqsad – O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini ochish va “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazishdir.

Bu bilan, O‘zbekiston hukumati rahbari “Tolibon” nazoratidagi Afg‘onistonga tashrif buyurgan eng yuqori lavozimli mansabdorlardan biriga aylandi.

Bosh vazir tashrifidan bir kun oldidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulga borib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashgan. Unda Kobul va Toshkentda “Tolibon” va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Mavzuga oid