O‘zbekiston | 11:11 / 19.08.2024
5695
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi 

20 avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 19 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. 

Qayd etilishicha, yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20 avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid