Amerikalik taniqli teleboshlovchi Fil Donahyu vafot etdi
Tok-shou janrini boshlab berganlardan biri Fil Donahyu rusiyzabon tomoshabinlarga 80-yillarning oxirida AQSh va SSSR o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikkita teleko‘prik orqali tanish edi.
AQShda mashhur teleboshlovchi Fil Donahyu 18 avgust kuni 88 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida 19 avgust, dushanba kuni The Washington Post nashri xabar berdi.
Donahyu tok-shou janrini boshlab berganlardan biri edi. Uning mualliflik dasturi - «Fil Donahyu shousi» birinchi marta 1967 yilda efirga uzatilgan bo‘lib, aslida zamonaviy ma’noda tomoshabinlar ishtirokidagi birinchi kunduzgi tok-shou edi. Dastur 1996 yilgacha davom etdi.
Fil Donahu 80-yillarning oxirida Vladimir Pozner bilan birgalikda o‘tkazgan AQSh va SSSR o‘rtasidagi ikkita teleko‘prik tufayli rusiyzabon tomoshabinlar orasida mashhur bo‘ldi. Ushbu teleko‘priklar qayta qurish va sovuq urushning tugashi ramziga aylandi. 1986 yilda Donahyu Chernobil AES avariyasi joyiga tashrif buyurgan birinchi xorijiy muxbir bo‘ldi. 1991 yildan 1996 yilgacha u Vladimir Pozner bilan CNBC telekanalida «Pozner va Donahyu» nomli dolzarb mavzular dasturini olib bordi.
Donahyu 20 ta «Emmi» mukofotini qo‘lga kiritgan: o‘n marta tok-shou boshlovchisi, o‘n marta tok-shou muallifi sifatida. 2024 yil mart oyida u AQShning eng oliy fuqarolik mukofoti - Prezidentlik Ozodlik medalini oldi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024