Jahon | 14:01 / 21.08.2024
2128
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya joriy yilda 60 mln tonna g‘alla eksport qilishni rejalashtirmoqda

«132 million tonna g‘alla hosili prognozidan kelib chiqib, biz joriy mavsumda 60 million tonna eksport prognozini belgiladik», - dedi Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri. 

Foto: Anadolu agency

Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut g‘alla eksporti bo‘yicha avvalroq qilingan 60 million tonnalik prognozni tasdiqladi

«132 million tonna g‘alla yig‘im-terimi prognoziga asoslanib, biz joriy mavsumda 60 million tonna eksport prognozini belgilab oldik», dedi Lut.

«O‘tgan mavsumda bizda 72 million tonna g‘alla tasdiqlangan. Biz hisob-kitobni kutmoqdamiz, ammo 72 million tonna albatta bo‘ladi», — dedi u. 

Shu bilan birga, jurnalistlarning joriy qishloq xo‘jaligi yilida bug‘doy eksporti prognozi haqidagi savoliga javob berar ekan, Lut bu hali aniqlanmaganini aytdi. 

«Bug‘doy bo‘yicha yakuniy prognozlar yo‘q, hosil ko‘rsatkichlari pastga qarab o‘zgarishi mumkin. Qancha yig‘ib-terib olishimizni tushunganimizda, kelgusi yil eksport uchun qo‘yadigan kvotalar orqali deltani maqbul holga keltiramiz» dedi Lut. U ustuvor vazifa ichki ehtiyojlarni qondirish ekanligini ta’kidladi. 

Mavzuga oid