Way II’ning ilk investitsiya to‘plami qariyb 105 milliard so‘mga sotildi
Way II investitsiya kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda birinchi investitsiya to‘plami e’lon qilindi va u qisqa muddat ichida to‘liq sotib bo‘lindi.
Tadbir doirasida investorlar kompaniya faoliyati va uning islomiy moliya qoidalariga asoslangan noyob taklifi bilan tanishdilar. Shuningdek, investorlarga kompaniyaning rivojlanish bo‘yicha rejalari taqdim etildi va investitsiya to‘plami sotuvining birinchi bosqichiga start berildi.
Loyihaga bo‘lgan yuqori qiziqish natijasida birinchi investitsiya to‘plami 15 daqiqada ichida 104 775 000 000 so‘m mablag‘ jalb qildi.
«Investorlarimizga bildirilgan ishonch uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Birinchi investitsiyalar to‘plamining qisqa vaqt ichida sotilishi Way II va Akfa Aluminium Group kompaniyalariga bo‘lgan qiziqish va ishonchni yana bir bor namoyish etadi. Shuningdek, islomiy tamoyillarga asoslangan moliyaviy vositalar investorlar orasida ommalashib borayotganligini bildiradi. Yaqin orada sotuvlarning yangi bosqichi ham e’lon qilinadi va biz investorlarimizning ishonchlarini oqlash va ularga sarmoya kiritish uchun qulay imkoniyatlarni taklif qilish ustida ishlashda davom etamiz», – dedi Way II kompaniyasining bosh operatsion direktori Aziz Qosimxo‘jayev.
Investorlar uchun o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarga nafaqat investitsiya kompaniyasi haqida ma’lumot olish, balki biznes aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, eksklyuziv takliflar bilan tanishish imkonini berdi.
Ma’lumot uchun, Way II - loyihalarni ulushdorlik asosida moliyalashtirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya shaffoflik va professionallik asosida faoliyat yuritadi va hozirda investorlarga Markaziy Osiyodagi eng yirik alyuminiy konstruksiyalar ishlab chiqaruvchisi – Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritish imkoniyatini taqdim etadi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Way II o‘z faoliyati davomida islom moliyasi qoidalariga to‘liq amal qiladi va bu IFCB kompaniyasining Islomiy moliya maslahat kengashi xulosasi bilan tasdiqlangan.
Mavzuga oid
20:41 / 27.11.2024
Prezident hududlarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishni buyurdi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
10:15 / 23.11.2024
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024