Kamala Harris saylovoldi shtabi bir oyda 540 million dollar yig‘di
Shuningdek, Demokratik partiya Milliy qurultoyidagi chiqishdan so‘ng, yig‘ilgan mablag‘lar rekord darajaga yetdi.
Kamala Harris saylovoldi shtabining ma’lum qilishicha, AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod saylov kampaniyasi boshlanganidan beri bir oy ichida homiylardan 540 million dollar olgan. Bu haqda AP xabar berdi.
«Vitse-prezident Harrisning payshanba oqshomidagi asosiy nutqidan oldin, biz rasman 500 million dollarlik marradan o‘tdik. Nutqidan keyin esa yanada yaxshi natijaga erishdik», deb ma’lumot berdi kampaniya menejeri Jyen O'Melli Dillon.
Qayd qilinishicha, bir hafta davom etgan Demokratik partiya Milliy qurultoyi davrida 82 million dollar yig‘ilgan. Bu tarixda qisqa vaqt ichida eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lgan.
21 iyul kuni Jo Bayden noyabrdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini e’lon qildi. U demokratlarga o‘z vitse-prezidenti Kamala Harrisni ushbu lavozimga ko‘rsatishni taklif qildi. Demokratik partiya Milliy qurultoyida Harrisning nomzodi rasman tasdiqlandi.
Mavzuga oid
13:52
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024