Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kengashi O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya kengashi bosh direktorining global hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Charli Uolker bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Britaniya kengashining O‘zbekiston bilan o‘rta va oliy ta’lim sohalarida hamda san’at va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
"Biz 2-4 oktyabr kunlari O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilishini olqishlaymiz. Shuningdek, Britaniya kengashi tomonidan ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ma’lum qilamiz", - dedi u.
Uchrashuv yakunida Britaniya kengashining O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va xorijiy tomonning shu yil 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025