Kaspi.kz «Humo» to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin
Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi «Humo» to‘lov tizimini sotib olishni rejalashtiryapti. Kompaniya rahbari Mixail Lomtadze O‘zbekistonda texnologiyalar uchun «katta sarmoya» kiritish niyatida ekanini bildirdi.
Qozog‘istonning Kaspi.kz moliya texnologiyalar kompaniyasi «Humo» to‘lov tizimi xususiylashtirilishida ishtirok etish istagini bildirdi. Bu haqda kompaniya rahbari Mixail Lomtadzega tayanib, Forbes xabar berdi.
Kaspi.kz tomonidan ushbu xususiylashtirish jarayoniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xalqaro konsultanti sifatida jalb qilingan Delloite’ga rasmiy qiziqish xati yuborilgan.
Lomtadzening so‘zlariga ko‘ra, Kaspi.kz naqd pulsiz to‘lovlar o‘sishiga hissa qo‘shadigan to‘lov texnologiyalari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba olib kirib, joriy «Humo» biznes modelini rivojlantirishni rejalashtiryapti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kaspi O‘zbekistonda texnologiya va xodimlarga «katta sarmoya» kiritish niyatida, bu «Humo» to‘lov xizmatlarini barcha ishtirokchilar uchun yanada samarali va qulayroq qiladi.
«Ushbu sarmoya «Humo»ning rivojlanishiga qo‘shimcha jadallik baxsh etadi, texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va innovatsiyalar uchun namuna bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi yanada oshishiga olib keladi va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘sishi uchun harakatlantiruvchi omil bo‘ladi», — dedi Lomtadze.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Kaspi.kz AQShning NASDAQ fond birjasida IPO o‘tkazdi va bu so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallashuvi taxminan 24 milliard dollarni tashkil etadi.
«Humo» to‘lov tizimi haqida
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank to‘lov kartalariga asoslangan «Humo» to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat to‘lov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd so‘m;
Ayni paytda 27 milliondan ortiq «Humo» kartalari chiqarilgan bo‘lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan.
Avvalroq, «Humo» to‘lov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonda yangi xususiylashtirish dasturi e’lon qilingandi. Undan bir qator yirik davlat korxonalari qatorida «Humo» to‘lov tizimini ham xususiylashtirish rejalari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024
Qozog‘istonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi
07:30 / 05.11.2024