Moldova prezidentida COVID-19 aniqlandi
Prezident Mayya Sandu Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok eta olmasligidan afsusda ekanini bildirdi.
Moldova prezidenti Mayya Sanduda koronavirusning yangi turi aniqlandi. Bu haqda davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.
Prezident Moldova Mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok eta olmasligidan afsusda ekanini bildirgan.
«Qadrli do‘stlar, qadrli fuqarolar. Afsuski, men COVID bilan kasallandim va erta-indin o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda qatnasha olmayman. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, odatdagidan ko‘ra biroz ko‘proq charchab qolayotganimni aytmasa, kasallikning boshqa belgisi yo‘q. Xatarni yuzaga keltirmaslik uchun yaqin bir necha kunga o‘zimni yakkalayman», — deydi Sandu.
Moldova rahbari «COVID hech qayerga ketmaganini» eslatib, fuqarolarni biror gumon paydo bo‘lsa test topshirishga va shifokorga murojaat qilishga chaqirdi.
Moldova Mustaqilligi kunini nishonlashga bag‘ishlangan barcha tadbirlar belgilangan dastur doirasida davom etadi.
Poytaxt meriyasi sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, oxirgi hafta davomida COVID-19 bilan kasallanish holati 40 foizga oshgan: Kishinyov kasalxonalarida 87 kishi ushbu kasallik bilan yotibdi, ularning yetti nafarini ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
00:09 / 13.11.2024
Moldova hududidan yana bir dron topildi
23:38 / 10.11.2024
Rossiya tomonidan uchirilgan ikkita dron Moldova hududiga qulab tushdi
21:13 / 05.11.2024