Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31 avgust-3 sentabr) dam oladi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi, deya xabar berdi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
Dam olish kunlari Shavkat Mirziyoyevning «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra:
31 avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
2 sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli);
3 sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
4 sentabrdan barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.
Maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda darslar 4 sentabrdan, oliy ta’lim muassasalarida esa 9 sentabrdan boshlanadi.
Mavzuga oid
16:00 / 03.03.2025
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?
19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
11:40 / 27.12.2024