O‘zbekiston | 11:58 / 27.08.2024
11645
1 daqiqa o‘qiladi

“Registonda yana ertakona muhit hukm surdi” - Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Samarqand mezbonligidagi “Sharq taronalari” musiqa festivali ochilish marosimida ishtirok etib, undagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Samarqand shahrida 26 avgust kuni “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda qatnashgan prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bu festival sabab ertakona muhitni his qilganini yozdi

“Har safar “Sharq taronalari” festivalida Samarqandni sehrli kuy-ohanglar chulg‘ab oladi. Mana, kecha ham Registon maydonida yana ertakona muhit hukm surdi.

Bu bayram birdamlik, hamjihatlik kayfiyatini baxsh etuvchi musiqa va madaniyatdan bahramand bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir”, — deya yozdi u.

Ta’kidlash joiz, festivalning ochilish marosimida YuNeSKO, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros fondi, MDH va boshqa tashkilotlardan faxriy mehmonlar ishtirok etdi. 

Bu yilgi festivalda 80 ga yaqin davlatdan 400 naf ziyod san’atkor va olimlar qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid