Britaniya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishda ishtirok etmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning TPP sog‘liqni saqlash kompaniyasining tadqiqotlar va tahlillar bo‘yicha direktori Kris Beyts bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda TPP’ning O‘zbekiston bo‘ylab sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va bu orqali mamlakatda aholi salomatligini yanada yaxshilashga erishish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kris Beyts kompaniya faoliyati va yangi dasturiy mahsulotlar haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, TPP kompaniyasining dasturiy ta’minotlari har bir fuqaro yoki bemor uchun individual xususiyatga ega.
"Mazkur dasturiy ta’minotlar sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalarini hal qilish, davolash samaradorligini oshirish, ilmiy asoslangan tibbiy maslahatlar berish va ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi", – dedi u.
Suhbat davomida mazkur yo‘nalishda ikki tomonlama aloqalarni yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida O‘zbekistonning tegishli mutaxassislari uchrashuvlar tashkil etish va kompaniya vakillarining safarini ishlab chiqish to‘g‘risida ahdlashildi.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekiston va Britaniya bo‘lajak diplomatlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
13:12 / 18.09.2024
Buyuk Britaniyada qirollik fermasi uchun cho‘pon qidirilmoqda
13:20 / 16.09.2024