Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadroviy qurol bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar uchun «eshiklarini ochdi»
Mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, dushman bilan muloqotning «hech qanaqa zarari yo‘q».
Eron yadroviy dastur bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun «eshiklarini ochdi». Mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, dushman bilan muloqotning «hech qanaqa zarari yo‘q».
Shu bilan birga, Xomanaiy Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon boshchiligida o‘tkaziladigan har qanday muzokaralarning aniq chegarasini belgilab berib, Vashingtonga ishonib bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi.
«Bu ma’lum bir vaziyatda dushman bilan o‘zaro muloqotda bo‘la olmasligimizni anglatmaydi. Buning hech qanday zarari yo‘q, lekin ularga umid bog‘lamang», — deydi Eron oliy rahnamosi.
Associated Press’ning yozishicha, Xomanaiyning so‘zlari Eron 2015 yilda o‘z yadroviy dasturini iqtisodiy sanksiyalarni yechish evaziga qisqartirgan paytdagi gaplariga o‘xshamoqda.
Eronning yadroviy potensiali
2015 yil iyulda Eron AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy va Rossiya bilan yadoviy kelishuvga erishgan edi. Uning doirasida Tehron yadroviy dasturini cheklanishi va mamlakatga qo‘llangan sanksiyalar yechib tashlanishi kerak bo‘lgan.
Kelishuvning asosiy talabiga ko‘ra, Tehron uranni 3,67 foizdan ortiqqa boyitmasligi lozim edi. Bunday urandan energetika reaktorlarida foydalanish mumkin, biroq yadroviy qurollarni yaratishga yaroqsiz.
2018 yilda AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Donald Tramp kelishuvni «ishonchli emas», deya undan chiqqan. Bitimning qolgan ishtirokchilari mazkur qarorni qo‘llab-quvvatlamadi. Umuman olganda, Tehron yadroviy qurol yaratish niyatini rad etib, dastur faqat tinchlik maqsadiga yo‘naltirilganini ta’kidlab keladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025