Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
O‘zbekiston poytaxtida taksida 1 km masofaga o‘rtacha 0,3 dollarga (≈3800 so‘m) safar qilish mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Kun.uz
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi. Numbeo reytingida O‘zbekiston poytaxti 181 ta shahar ichida 8-o‘rinni egalladi.
Qayd qilinishicha, Toshkentda taksida 1 km masofaga borish narxi 0,3 dollarga (≈3800 so‘m) teng (taqqoslash oson bo‘lishi uchun narxlar AQSh dollarida keltirilgan).
MDH mamlakatlari shaharlari orasida eng past tariflar Novosibirsk (Rossiya, 0,22 dollar), Bishkek (Qirg‘iziston, 0,29 dollar), Odessa va Kiyevda (Ukraina, 0,29 dollar) qayd etilgan. Eng yuqori tarif - Qozog‘istonning Olmaota shahrida: har bir km uchun 0,68 dollar.
Umuman olganda, dunyoda taksi safarining eng arzoni Hindistonning Surat shahrida (1 km uchun 0,18 dollar), eng qimmati esa Shveytsariyaning Tsyurix shahrida (4,46 dollar) hisobga olingan.
Mavzuga oid

21:51
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

12:07
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025