AQShda tamaki mahsulotlarini sotish qoidalari kuchaytirilmoqda
Qo‘shma Shtatlarda 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar endi tamaki mahsulotlarini faqat fotosuratli guvohnoma taqdim etgan holda sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati idorasi (FDA) tamaki mahsulotlarini sotish qoidalarini kuchaytirdi va 30 yoshdan kichik bo‘lgan iste’molchilardan fotosuratli guvohnoma ko‘rsatishni talab qildi. Bu haqda 29 avgust, payshanba kuni idora ma’lum qildi.
Ilgari ushbu qoida 27 yoshgacha bo‘lgan tamaki mahsulotlarini sotib olishni xohlovchilarga nisbatan qo‘llangan. Shu bilan birga, 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslar kirishi mumkin bo‘lgan joylarda joylashgan avtomatlarda tamaki sotishni taqiqlash joriy etildi. Ilgari bu 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar borishi mumkin bo‘lgan joylarga taalluqli edi.
AQShda chekishdan kelib chiqadigan o‘lim holatlariga qarshi kurash
So‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlar chekish bilan bog‘liq o‘limlar sonini kamaytirish va voyaga yetmaganlar tomonidan elektron sigaretlardan foydalanishni cheklashga qaratilgan bir qator choralarni ko‘rdi, deb eslatadi Reuters. Shunday qilib, 2019 yilda mamlakatda tamaki mahsulotlarini xarid qilishning eng past yoshi 18 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarildi.
«O‘n yillik ilmiy tadqiqotlar yoshlarni tamaki iste’molidan uzoqlashtirish muhimligini ko‘rsatdi», dedi FDA vakili Brayan King. Tegishli chora-tadbirlar bilan tamakiga qaram bo‘lib qolgan odamlar sonini kamaytirish mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.
Amerika pulmonologlar assotsiatsiyasi (American Lung Association)ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda yiliga 480 000 kishi chekishdan vafot etadi. Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlarda chekish yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024