Britaniya o‘z mahbuslari uchun Estoniya qamoqxonalarini ijaraga olishi mumkin
Mamlakat qamoqxonalaridagi mahbuslar soni 88 mingdan oshdi, bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Estoniya adliya vaziri Liisa Pakosta Buyuk Britaniyadagi qamoqxonalar to‘lib ketganligi haqidagi xabarlar fonida britaniyalik mahbuslarni o‘z mamlakati qamoqxonalariga joylashtirishga yordam berishni taklif qildi, deb yozdi «Kommersant».
Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon Vazirlar Mahkamasiga memorandumni muhokama qilish uchun taqdim etgan. Buyuk Britaniya Shvetsiya bilan ham shunday muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, Buyuk Britaniyada sudyalarga kichik jinoyatlarda ayblanganlarni qamoq jazosiga mahkum qilmaslik tavsiya berilgan edi. The Sun nashrining xabar berishicha, ba’zi mahbuslarni muddatidan oldin ozod qilinishi rejalashtirilgan.
Pakosta xonim aytganidek, Estoniyada qamoqxonalarni ijaraga olish Britaniyaga 25 million funt sterlingga tushishi mumkin.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, mahbuslarni ko‘chirish 10 sentabrdan boshlanishi mumkin. Shu bilan birga, terrorizm, oiladagi zo‘ravonlik, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar va boshqa og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlar xorijga yuborilmaydi.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida qamoqdagi mahbuslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 30 avgust kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya qamoqxonalaridagi mahbuslar soni 88 mingdan oshdi, bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Qamoqxonalar to‘lib ketganligi tufayli Buyuk Britaniya Adliya vazirligi 19 avgustdan mahbuslarni politsiya kameralariga joylashtirishni boshladi.
Buyuk Britaniya hukumati o‘z mahbuslarini joylashtirish uchun boshqa mamlakatlardagi qamoqxonalarni ijaraga olish imkoniyatini allaqachon o‘rganib chiqqan. 2023 yil oktyabr oyida Angliya va Uelsda sudlanganlarga jazoni xorijda o‘tashga ruxsat beruvchi qonunga o‘zgartirish kiritish rejalari e’lon qilindi. Britaniyalik siyosatchilar Belgiya va Norvegiyadagi o‘xshash tajribalarga to‘xtalib, Estoniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan muzokaralar olib bordi.
Mavzuga oid
23:36 / 20.11.2024
Britaniyalik fermerlar yangi meros solig‘i bekor qilinishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
21:14 / 20.11.2024
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqiladi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:53 / 20.11.2024