Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Parvozlar xavfsizligi agentligi hakerlar hujumiga uchradi
Germaniya xavfsizlik organlari vakillari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan xabardor qilingan. Hozircha kiberjinoyatchilar qaysi turdagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani ochiqlanmadi.
Frankfurt-Mayn aeroporti yaqinida joylashgan Germaniya Parvozlar xavfsizligi agentligi (DFS) hakerlar hujumiga uchradi, deb xabar beradi DW.
«Ofisdagi aloqalarimiz buzib kirildi, ayni vaqtda biz himoya choralarini ko‘rmoqdamiz», — deyiladi xabarda. DFS ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar hujum oqibatlarini minimallashtirish ustida ish olib bormoqda.
Qayd etilishicha, havo qatnovlari jadvaliga zarar yetmagan, reyslar o‘z rejimida parvozlarni amalga oshirmoqda. Kiberjinoyatchilar qaysi turdagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani ochiqlamadi.
Germaniya xavfsizlik organlari vakillari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan xabardor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvarda Germaniyadagi hukmron Sotsial-demokratlar partiyasining pochta serverlari Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi nazorati ostida faoliyat yuritishi aytiladigan ART28 guruhi hakerlari tomonidan buzib kirilgan edi.
Avgust oxirlarida esa nemis xavfsizlik organlari noqonuniy yo‘llar bilan kurerlik xizmatlari tarmoqlariga kelib tushgan alangalanuvchi qurilmalardan ogohlantirgandi. Ogohlantirish Leypsigda joylashgan DHL logistika markazida yuz bergan ko‘ngilsiz hodisadan keyin e’lon qilingan. Boltiq davlatlaridan biri tomonidan yuborilgan posilka kompaniyaning global aviatashuvchi markazida yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida butun boshli yuk konteyneriga zarar yetgan, ammo alanga tezda o‘chirilgan. Holat bo‘yicha tergovni Germaniya Federal prokuraturasi olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025