Xitoy ko‘p qutbli dunyo to‘g‘risida bayonot berdi
XXR tashqi ishlar vaziri Van Ining ta’kidlashicha, Afrika davlatlari xalqaro huquqqa asoslangan tartibni himoya qilish yo‘lida Xitoy bilan ko‘p qutbli dunyoni qurishi kerak.
Afrika davlatlari xalqaro huquqqa asoslangan tartibni himoya qilish uchun Xitoy bilan hamkorlikda teng huquq va tartibga ega ko‘p qutbli dunyoni qurishi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I tomonidan e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.
«Oxirgi yillarda dunyoda turbulentlik va o‘zgarishlarning yangi davri kuzatilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro maydonda ro‘y berayotgan voqealarga qaramay, Xitoy va Afrikaning halol va adolatli dunyo tartibini ta’minlashda yelkama-yelka turib ishlashga bo‘lgan intilishi o‘zgarishsiz qolmoqda», — deydi diplomat.
Van Ining ta’kidlashicha, Xitoy «teng va tartibli ko‘p qutbli dunyo» hamda keng qamrovli iqtisodiy globallashuv tarafdori.
«Xitoy va Afrika birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan haqiqiy ko‘p yoqlilikni himoya qiladi, gegemonizm va proteksionizmga qarshi turadi, xalqaro huquqqa asoslangan xalqaro tartibni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Ular, shuningdek, global janubning umum qabul qilingan qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iyat bilan himoya qilib, dunyo tinchligi va global taraqqiyotni saqlashga hissa qo‘shadilar», — deya qayd etadi Xitoy TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentabrda Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirgandi. «Xitoy va Yevropa ko‘p qutbli dunyoning yirik kuchlari va global taraqqiyotning asosiy dvigatellari sifatida birdamlik va hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerak», degan edi Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyan Nyu-Dehlidagi G20 sammiti chog‘ida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bilan suhbatda.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024