Sikorskiy: Polsha Ukraina osmonida raketalarni urib tushirishga majbur
Polsha tashqi ishlar vazirining fikricha, Varshava Rossiya raketalarini Polsha havo hududiga kirib kelishini kutmasdan, Ukrainaning chegara hududlari osmonida urib tushirishi kerak.
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning aytishicha, Varshava Rossiya raketalarini Ukrainaning g‘arbiy hududlari osmonida, ularning mamlakat havo hududiga kirib kelishini kutmasdan urib tushirishga majbur. Bu haqda Britaniyaning Financial Times nashri 2 sentabr, dushanba kuni vazirning bevosita nutqiga tayanib yozdi. «Men shaxsan ishonamanki, dushman raketalari bizning havo hududimizga kirganda, o‘zini himoya qilish, ularga zarba berish qonuniy bo‘ladi, chunki ular bizning havo hududimizga kirganda, vayronalar kimnidir jarohatlashi mumkin», - dedi Sikorskiy.
Bunday harakatlar bilan Polsha o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashi kerak, dedi mamlakat TIV rahbari. Sikorskiy Ukraina bilan chegaradosh boshqa Yevropa davlatlarini ham Rossiya raketalarini havo hududiga kirgunga qadar yo‘q qilishga chaqirdi.
Avvalroq Kiyev o‘zining g‘arbiy ittifoqchilarini Ukraina g‘arbini NATOga a’zo davlatlar hududidagi havo mudofaa tizimlari bilan yopishga, shuningdek, Ukraina uzra parvozlar taqiqlangan hududni yaratishga chaqirgan edi. Biroq Shimoliy Atlantika alyansi bunday choralar Rossiya Federatsiyasi va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli Polsha harbiy samolyotlarini havoga ko‘tardi
26 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan yirik raketa hujumlari fonida mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Polsha va NATO ittifoqchilarining harbiy samolyotlari osmonga ko‘tarildi. O‘shanda Rossiya hujumi natijasida Ukrainaning 15 mintaqasi zarar ko‘rdi. Polsha qurolli kuchlarining operativ qo‘mondonligi mamlakat janubi-sharqidagi shovqin darajasi Polsha va ittifoqchilar aviatsiyasi ishi tufayli oshishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
O‘sha kechasi Rossiyaning kamikadze-droni Polsha havo hududiga uchib kirdi. Polsha harbiylari uni ob-havo sharoiti tufayli urib tushirmagan. «Ukrayinskі novini» agentligi xabar berishicha, 28 avgust kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk Varshava Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari o‘z hududiga uchib kirsa, urib tushirmasligini aytdi. Keyinroq Polsha mudofaa vazirligi Rossiya raketalari va dronlarini Ukraina hududi uzra urib tushirishdan bosh tortdi, deb yozadi Polsha radiosi.
Mavzuga oid
20:58 / 27.11.2024
Polsha bosh vaziri Boltiq dengizida harbiy-dengiz politsiyasini yaratishni taklif qildi
17:28 / 27.11.2024
Toshkentda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi maslahatlashuvlar birinchi davrasi o‘tkaziladi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
19:14 / 23.11.2024