Sport | 04:56 / 05.09.2024
22950
7 daqiqa o‘qiladi

Messi bu safar «Oltin to‘p» olmaydi: u va Krishtianu top-30 nomzodlar ichida emas. Undan kimlar o‘rin olgan?

Shuningdek, boshqa mukofotlar uchun nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Global Look Press

France Football «Oltin to‘p» uchun 30 talik ro‘yxatni, shuningdek boshqa mukofotlar uchun nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlar 2023/24 yillar mavsumi yakunlari bo‘yicha topshiriladi, shuning uchun faqat shu davr oralig‘idagi natijalar inobatga olinadi.

«Oltin to‘p»ga kimlar da’vogar?

O‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi 30 kishi orasidan tanlanadi. 21 yil ichida nomzodlar ro‘yxatida ilk bor Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messidan biri yo‘q — portugaliyalik yulduz o‘tgan safar ham nomzodlar ro‘yxatiga kirmagan, oxirgi sovrinni esa aynan argentinalik futbolchi qo‘lga kiritgandi, bu uning faoliyatidagi sakkizinchi shunday sovrin bo‘ldi, Krishtianu esa beshta «Oltin to‘p» bilan qolgan (oxirgisini 2017 yilda olgan).

2024 yilda asosiy favoritlar «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan Vinisius hamda Ispaniya milliy jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan Rodri deb qaralmoqda. To‘liq ro‘yxat quyidagi ko‘rinishda:

Jud Bellinghem («Real», Angliya)
Ruben Diash («Manchester Siti», Portugaliya)
Fil Foden («Manchester Siti», Angliya)
Federiko Valverde («Real», Urugvay)
Emiliano Martines («Aston Villa», Argentina)
Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya)
Niko Uilyams («Atletik», Ispaniya)
Granit Chaka («Bayyer», Shveytsariya)
Artem Dovbik («Roma», Ukraina)
Toni Kroos (Germaniya, faoliyatini yakunlagan)
Vinisius («Real», Braziliya)
Dani Olmo («Barselona», Ispaniya)
Florian Virs («Bayyer», Germaniya)
Martin Edegor («Arsenal», Norvegiya)
Mats Hummels («Roma», Germaniya)
Rodri («Manchester Siti», Ispaniya)
Harri Keyn («Bavariya», Angliya)
Deklan Rays («Arsenal», Angliya)
Vitinya («PSJ», Portugaliya)
Koul Palmer («Chelsi», Angliya)
Dani Karvahal («Real», Ispaniya)
Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
Bukayo Saka («Arsenal», Angliya)
Hoqon Chalxono‘g‘li («Inter», Turkiya)
Vilyam Saliba («Arsenal», Fransiya)
Kilian Mbappe («Real», Fransiya)
Lautaro Martines («Inter», Argentina)
Ademola Lukman («Atalanta», Nigeriya)
Antonio Ryudiger («Real», Germaniya)
Alexandro Grimaldo («Bayyer», Ispaniya)

Eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun kimlar da’vogar?

O‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun asosiy sovrinlarda g‘olib bo‘lgan olti mutaxassis nomzodi qo‘yilgan:

Habi Alonso («Bayyer», Germaniya chempionati va Kubogi)
Karlo Anchelotti («Real», Ispaniya chempionati va Superkubogi, UYeFA Superkubogi va Chempionlar Ligasi)
Luis de la Fuente (Ispaniya, Yevropa chempionati)
Jan Piyero Gasperini («Atalanta», Yevropa Ligasi)
Pep Gvardiola («Manchester Siti», APL)
Lionel Skaloni (Argentina, Amerika Kubogi)

Lev Yashin sovrini uchun kimlar kurashadi?

Lev Yashin nomidagi sovringa 10 nafar darvozabon da’vogarlik qilmoqda. Ro‘yxatdagi kutilmagan nom JAR posboni Ronven Uilyams bo‘ldi. U bu mukofotga nomzodi qo‘yilgan to‘rtinchi afrikalik darvozabon va o‘z qit’asida o‘ynab turib nomzodga aylangan birinchisidir. Uilyams Janubiy Afrika chempionatidagi «Sandauns» klubi darvozasini qo‘riqlaydi, o‘smirlik davrida bir necha yil mobaynida «Tottenhem» a’zosi bo‘lgan. Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda:

Diogu Koshta («Portu», Portugaliya) — 24 yosh, 58 o‘yin, 25 tasida nolga o‘ynagan
Janluiji Donnarumma («PSJ», Italiya) — 25 yosh, 54 o‘yin, 19 tasida nolga o‘ynagan
Gregor Kobel («Borussiya» D, Shveytsariya) — 26 yosh, 42 o‘yin, 14 tasida nolga o‘ynagan
Andrey Lunin («Real», Ukraina) — 25 yosh, 35 o‘yin, 13 tasida nolga o‘ynagan
Mayk Menyan («Milan», Fransiya) — 29 yosh, 56 o‘yin, 23 tasida nolga o‘ynagan
Georgiy Mamardashvili («Valensiya»/«Liverpul», Gurjiston) — 23 yosh, 49 o‘yin, 17 tasida nolga o‘ynagan
Unai Simon («Atletik», Ispaniya) — 27 yosh, 49 o‘yin, 23 tasida nolga o‘ynagan
Emiliano Martines («Aston Villa», Argentina) — 32 yosh, 62 o‘yin, 27 tasida nolga o‘ynagan
Yann Zommer («Inter», Shveytsariya) — 35 yosh, 54 o‘yin, 27 tasida nolga o‘ynagan
Ronven Uilyams («Sandauns», JAR) — 32 yosh, 59 o‘yin, 35 tasida nolga o‘ynagan.

Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga nomzodlar:

Pau Kubarsi («Barselona», Ispaniya)
Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
Alexandro Garnacho («Manchester Yunayted», Argentina)
Kobbi Maynu («Manchester Yunayted», Angliya)
Arda Guler («Real», Turkiya)
Karim Konate («Zalsburg», Avstriya)
Joau Nevesh («PSJ», Portugaliya) 
Uorren Zair-Emeri («PSJ», Fransiya)
Savio Moreyra («Jirona»/«Manchester Siti», Braziliya)
Matis Tel («Bavariya», Germaniya).

Eng yaxshi klub bo‘lishga nomzodlar:

«Borussiya» Dortmund, Germaniya
«Jirona», Ispaniya
«Bayyer», Germaniya
«Real», Ispaniya
«Manchester Siti», Angliya

Marosim qachon o‘tkaziladi?

Mukofotlar 28 oktyabr kuni Parijdagi Shatl teatrida o‘tkaziladi. Marosim 68-marta bo‘lib o‘tmoqda — «Oltin to‘p» 1956 yildan buyon har yili topshirib kelinadi. Tarixda ilk bor erkaklar va ayollar o‘rtasidagi eng yaxshi murabbiyni aniqlash uchun ovoz beriladi.

Mavzuga oid