Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada maori xalqining yangi qirolichasiga toj kiydirildi
Magistr darajasiga ega 27 yoshli Nga Vay Xono Yangi Zelandiyaning tub aholisi bo‘lgan maori xalqining qabila boshliqlari kengashi tomonidan qirolicha etib saylandi.
Yangi Zelandiyada maori xalqining sakkizinchi monarxi Nga Vay Xonoga otasining dafn marosimidan keyin toj kiydirildi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 27 yoshli Nga Vay Xono Yangi Zelandiyaning tub aholisi bo‘lgan maori xalqining qabila boshliqlari kengashi tomonidan kuini (maori tilida «qirolicha») etib saylangan.
U maori yetakchisiga aylangan ikkinchi ayol hisoblanadi, birinchisi uning buvisi edi. Nga Vay Xono o‘tgan juma kuni 69 yoshida vafot etgan Kingi Tuxeytianing kenja farzandi.
Toj kiydirish marosimida unga maorining birinchi qiroliga naqshlar tushirishda foydalanilgan Bibliya topshirildi. Shundan keyin harbiy kanoelardan iborat flotiliya marhum qirolni maori xalqi uchun muqaddas hisoblangan Taupiri tog‘iga olib ketgan.
Qirol o‘ziga toj kiydirilganiga 18 yil to‘lganidan bir necha kun o‘tib, yuragini operatsiya qildirgan edi. Yangi qirolicha maori madaniyati bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristoper Lyukson qirol Tuxeytiani «maori va barcha Yangi zelandiyaliklarga sodiqligi butun mamlakatga ayon bo‘lgan» yetakchi sifatida e’tirof etdi. Tuxeytianing dafn marosimi marhumni so‘nggi manzilga kuzatish uchun kelganlar soni ko‘pligi bois odatdagi uch kundan yetti kungacha uzaytirildi.
Yangi Zelandiyada maorilar monarxiyasi XIX asr boshlariga, mustamlakachi davlatlarga yerlarini boy berib qo‘ymaslik uchun qabilalar Yevropa monarxiyasiga o‘xshash birlashma hosil qilgan davrga borib taqaladi.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024