O‘zbekiston | 08:30 / 06.09.2024
21721
2 daqiqa o‘qiladi

Superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilanganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra, ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Ushbu holatda abituriyent to‘plagan balli birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish ballidan past bo‘lishi lozim.

Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yo‘nalishlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlaring to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Superkontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Superkontraktni 2024 yil 15 oktyabrga qadar to‘liq (100 foiz) to‘lagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Mavzuga oid