Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga bordi
Safar davomida iqtisodiy-ijtimoiy holati og‘ir tumanlarga borildi va joylardagi ahvol o‘rganildi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Prezident yordamchisining ma’lum qilishicha, safar davomida iqtisodiy-ijtimoiy holati og‘ir tumanlarga borildi va joylardagi ahvol o‘rganildi.
“Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali ko‘p”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, avgust oyi o‘rtalarida prezident boshchiligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
10:30
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024
Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
20:53 / 28.10.2024