Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid elektrosamokatlar ijarasini taqiqlab qo‘ydi
Ispaniya poytaxti kengashi elektrosamokatlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarining litsenziyasini qaytarib oldi.
Madrid hukumati elektrosamokatlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi Lime, Dott va Tier kompaniyalarining litsenziyasini chaqirib oldi. Bu kabi qaror natijasida ijaraga olingan elektrosamokatlar Ispaniya poytaxti ko‘chalaridan chiqarib tashlanadi.
Shahar meri Xose Luis Martines-Almeydaning ma’lum qilishicha, mahalliy kengash ushbu uchta kompaniya 2023 yil mayda berilgan ruxsatnomalar shartini bajarmagani uchun shunday qaror qabul qilgan.
Kengashga ko‘ra, kompaniyalar o‘z faoliyatlari tekshiruviga to‘sqinlik qilgan, qo‘shimcha ma’lumotlar yoki o‘z interfeyslariga kirish imkoniyatlarini taqdim etmagan. «Bular orasida butun shahar bo‘ylab xizmat ko‘rsatishning mavjud emasligi, sug‘urta qoplamasining yo‘qligi va transport vositalarining taqiqlangan joylarda to‘xtab turishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologiyalar joriy etilmagani kabi kamchiliklar mavjud», — deyiladi xabarda.
Lime, Dott va Tier kompaniyalari Madridda elektrosamokatlar ijarasi bilan shug‘ullanib kelayotgan edi, ularning har biri 2 ming dona samokatga ruxsatnoma olgan. Kengash qaroriga ko‘ra «samokatlar ijarasi oktyabr oyidan boshlab shahardan yo‘qoladi».
Madrid merining aytishicha, shahar kengashi elektrosamokatlardan foydalanish bo‘yicha hech qanday qo‘shimcha ruxsatnomalarni bermaydi, «chunki bozor fuqarolarning maksimal xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kengash talablariga javob bera olmaydi».
Meriya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Madridda hamon shaxsiy elektrosamokatlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
12:00 / 28.08.2024
Iberojet aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
15:31 / 20.08.2024