Jamiyat | 13:51 / 10.09.2024
2094
1 daqiqa o‘qiladi

Qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘z yashash xonadonida novvoyxona tashkil qilib, nostandart yondirgichlar (gorelka)ni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 699,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Foto: Bosh prokuratura

Energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro S.S. tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘z yashash xonadonida novvoyxona tashkil qilib, nostandart yondirgichlarni (gorelka) gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 699,2 mln so‘mlik 268,9 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid