O‘zbekiston | 13:24 / 12.09.2024
1417
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharsozlik kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini transformatsiya qilish munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga ushbu organlar nomi va vakolatlarini aniqlashtirish, aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Kun.uz

Prezident tomonidan 2024 yil 10 sentabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini transformatsiya qilish munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga ushbu organlarning nomi va vakolatlarini aniqlashtirish, shuningdek aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun bilan Shaharsozlik kodeksiga O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar ham kiritilmoqda.

Hujjatning qabul qilinishi shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini, shuningdek O‘zbekiston hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid