O‘zbekiston | 18:59 / 15.09.2024
9710
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

Mamlakatimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoni YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ansamblga kiruvchi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan barchada chuqur taassurot qoldiradi.

Oliy martabali mehmonga Sharq me’morchiligining ushbu durdonasi qurilishiga oid tarixiy ma’lumotlar, yechimlar va bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, bu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri sifatida haqli ravishda e’tirof etilgan Samarqand shahri bugungi kunda bugungi kunda ishbilarmonlik va sayyohlik markaziga aylanib borayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Registon ansambli oldida birgalikda suratga tushdi.

Mavzuga oid