Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar inson ongi uchun mas’ul bo‘lgan miya hujayralarini aniqladi
Tadqiqotchilar sog‘lom ko‘ngillilar miyasidagi faollikning o‘zgarishini o‘rganishda funksional magnit-rezonans tomografiya usulidan foydalangan.
Michigan universiteti olimlari talamusning matritsa hujayralari ongni yo‘qotish va qaytarish jarayonlarida katta rol o‘ynashini aniqladi.
Tadqiqotchilar sog‘lom ko‘ngillilar miyasidagi faollikning o‘zgarishini o‘rganishda funksional magnit-rezonans tomografiya usulidan foydalangan. Ularga yuborilgan propofoldan venaga qilinadigan tez ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy narkoz sifatida ishlatiladi.
Olimlarning aniqlashicha, chuqur uyqu vaqtida sensorli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun javobgar talamusdagi neyronlar faolligi sezilarli darajada pasaygani kuzatilgan. Shu bilan birga, alohida sensor signallarni qayta ishlash saqlanib qolgan, ammo ularning aloqasi buzilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hushsiz holatga o‘tish vaqtida talamusdagi matritsali hujayralar muhim rol o‘ynaydi. Talamus katta yarimsharlar yuzasida joylashgan asosiy tuzilma va u his qilish organlaridagi (hid bilishdan tashqari) sensor va harakat axborotini katta yarim shardagi tegishli sohalarga yuborishga javob beradi.
Bundan tashqari, miyaning ushbu sohasi uyqu, uyg‘onish va konsentratsiyani tartibga solishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Mavzuga oid
13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
20:47 / 14.03.2025
Olimlar uyqusizlik va fitna nazariyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
14:36 / 04.01.2025
Kuniga 9 soatdan ko‘p uxlash insultga sabab bo‘lishi mumkin - tadqiqot
17:17 / 28.12.2024