Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi
Spektakl namoyishi Londondagi Kolizey teatrida bo‘lib o‘tdi. Bungacha kartina Dubay, Istanbul, Dortmund, Parij kabi shaharlarda ham sahna yuzini ko‘rgandi.
Londondagi Kolizey teatrida 14 sentabr kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston milliy baleti ishtirokida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli namoyish etildi. Ushbu tadbir spektaklning Britaniyadagi ilk namoyishi hisoblanadi.
Nemis xoreografi Raul Raymondo Rebek tomonidan yaratilgan spektakl Buyuk Britaniya madaniy sahnasida muhim voqea bo‘ldi.
“Lazgi” tomoshabinlarga afsonaviy Ipak yo‘li manzarasida muhabbat va o‘lmas ruh haqidagi abadiy hikoyani taqdim etdi, deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabarida.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo xalq an’analari va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ushbu raqs o‘zining kuchli xoreografiyasi, ajoyib yorug‘lik aks-ta’sirlari va chuqur hissiy ko‘tarinkiligi bilan tomoshabinlarni hayratga solgan.
“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” birinchi marta Dubai Opera sahnasida namoyish etilgan va keyinchalik Istanbul, Dortmund, Parij, Sankt-Peterburg va Moskvada sahna yuzini ko‘rgan.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025