Jahon | 08:30 / 17.09.2024
3973
3 daqiqa o‘qiladi

Trampga suiqasdda gumonlanayotgan shaxsga ayblov qo‘yildi

Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi Rayan R. noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq qonunbuzarliklarda ayblanmoqda. Unga boshqa ayblovlar ham qo‘yilishi mumkin. Gumonlanuvchi yangi sudgacha qamoqda qoladi.

Foto: AP

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan Rayan R.ga ilk bor ayblov e’lon qilindi. Bu haqda 16 sentabr, dushanba kuni Amerikaning CNN telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi.

Aytilishicha, erkak sudlangan bo‘lishiga qaramay, o‘qotar qurolni noqonuniy saqlash, shuningdek, raqami o‘chirilgan o‘qotar qurolga egalik qilishda ayblanmoqda. Tergov davom etar ekan, Rayan R. qo‘shimcha va jiddiyroq ayblovlarga duch kelishi mumkin, deyiladi nashrda.

CNNtelekanaliga ko‘ra, birinchi sud majlisi Florida shtatidagi Palm-Bich okrugida bo‘lib o‘tdi. Keyingi sud majlisi 23 sentabr, dushanba kuniga belgilangan. Ungacha gumonlanuvchi qamoqda qoladi.

Donald Trampga hujumda gumonlanayotgan shaxs haqida nimalar ma’lum

Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumon qilinayotgan shaxs -  Havayida uy quruvchi yakka tartibdagi tadbirkor Rayan R. Xabar qilinishicha, u ijtimoiy tarmoqlarda AQSh sobiq prezidentini tanqid qilgan va Ukrainada Rossiya boshlagan urushning faol tarafdori bo‘lgan. Gumonlanuvchi avvalroq hibsga olingan edi.

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga «yaqin masofada» otishma yuz berdi. Bu haqda saylovoldi shtabi 15 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti xavfsiz joyda ekani xabar qilindi.

Shu bilan birga, Trampning o‘g‘li, kichik Donald Tramp o‘zining X akkauntida voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi butalar orasidan AK-47 avtomati topilganini da’vo qildi. «Gumonlanuvchi qo‘lga olingan», deb qo‘shimcha qildi kichik Tramp.

New York Post gazetasining xavfsizlik manbalariga tayanib yozishicha, o‘q faqat AQSh maxfiy xizmati agenti tomonidan otilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, biroq uning bunday qilishiga nima sabab ekani haqida hech narsa ma’lum emas. 

Mavzuga oid