Jamiyat | 09:10
5771
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tez yordam xodimi yolg‘on xabar tarqatgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi «16-gorbolnitsa» go‘shtdan zaharlanganlar bilan to‘lmoqda» mazmunidagi video-xabar tarqaldi. Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi bu bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Foto: Kun.uz

Xabarga ko‘ra, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, ovqatdan zaharlanganlik bo‘yicha Boshqarma hamda uning tuman bo‘limlariga shoshilinch xabarnoma kelib tushmagan.

Shuningdek, shifoxona va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘lanilganda, video-xabarda zaharlanganlik haqida ma’lumot bergan fuqaro tez yordam xodimi ekanligi va yolg‘on xabar tarqatganligi aniqlandi. 

Xodim yolg‘on xabar tarqatganligi tufayli prokuratura organi ushbu ishni ko‘rib chiqayotganligi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid