Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
Avstraliya iste’molchilar huquqlarini nazorat qilish tashkiloti yuzlab tovarlariga muntazam chegirma e’lon qilib kelayotganini aytib yolg‘on ma’lumot tarqatgan ikkita yirik supermarketlar tarmog‘ini sudga berdi.
Avstraliya Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi (ACCC) Coles va Woolworths supermarketlari narxlarni vaqtincha oshirib, keyin esa ularni yana shu qiymatga tushirgan holda iste’molchilar huquqlari himoyasi to‘g‘risidagi qonunni buzganliklarini ta’kidlamoqda.
Coles kompaniyasi ayblovga qarshi himoyalanishini, Woolworths esa e’tirozlarni ko‘rib chiqishini bildirgan.
Avstraliya bozorining uchdan ikki qismini egallagan ushbu oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi gigantlar o‘tgan yili narxlarni oshirish va raqobatga qarshi harakatlari tufayli jamoatchilik e’tiboridan tushmay kelmoqda.
«Bu avstraliyaliklarga xos emas. Xaridorlar ularga nisbatan xuddi ahmoqlardek munosabatda bo‘lishlariga loyiq emas», — deydi bosh vazir Entoni Albaneze.
ACCC vakili Jina Kass-Gotlibning ta’kidlashicha, Coles va Woolworths uzoq yillar davomida «Narxlar tushirildi», «Pastga pastga» aksiyalarini o‘tkazib kelgan. Ammo ko‘plab hotlarda «chegirmalar shunchaki illyuza» bo‘lgan xolos.
«Ko‘plab iste’molchilar cherma oziq-ovqat uchun kamroq xarajat qilishga yordam beradi deb hisoblaydi, ayniqsa, yashash uchun sarflanayotgan mablag‘lar oshib borayotgan bir paytda», — deydi Kass-Gotlib.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025