Toshkentda Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 yonib ketdi
Hodisa oqibatida Matiz pachoqlangan va uning haydovchisi jarohat olgan.
Toshkent shahrida ikkita mashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transporti hodisasi oqibatida ularning birida yong‘in yuz bergan.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 25 sentabr kuni soat 14:30 larda sodir bo‘lgan.
Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida Matiz va Nexia-3 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, Matiz mashinasi haydovchisi jarohatlangan va birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Shuningdek, to‘qnashuvdan so‘ng Nexia-3 mashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 25.09.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
15:54 / 25.09.2024
Toshkentda ikki avtobus o‘zaro to‘qnashdi
07:30 / 25.09.2024
Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi
18:56 / 24.09.2024