O‘zbekiston | 14:50 / 26.09.2024
651
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Venesuela siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Venesuela tashqi ishlar vazirlari Toshkentda ikki davlat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar raundini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Foto: dunyo.info

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto bilan uchrashdi.

"Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, turli darajadagi almashinuvlarni kengaytirish kun tartibi markazida bo‘ldi. 

Yaqin vaqt ichida Toshkentda O‘zbekiston va Venesuela tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar davrasini o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid