Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
Respublikachi siyosatchining shtabida Donald Tramp o‘ziga nisbatan «haqiqiy tahdidlar» haqida xabardor etilgani ma’lum qilindi. O‘tgan haftada eronlik hakerlar Baydenga Trampdan o‘g‘irlangan hujjatlarni taklif qilishdi.
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp, saylovoldi shtabi xabariga ko‘ra, Erondan unga nisbatan «haqiqiy va aniq o‘lim tahdidi» haqida xabardor etilgan. «Maxsus xizmatlar so‘nggi oylarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodga qarshi doimiy va muvofiqlashtirilgan hujumlar soni ko‘payganini aniqladi, bu o‘lim tahdidlari maqsadi - Qo‘shma Shtatlarni beqarorlashtirish va uni tartibsizlik holatiga solib qo‘yish», dedi Tramp saylovoldi shtabi vakili Stiven Chung 24 sentabr, seshanba kuni kechqurun.
O‘tgan hafta Federal tergov byurosi (FTB) va boshqa AQSh maxsus xizmatlari eronlik hakerlar prezidentlik poygasidan chiqib ketgan amaldagi prezident Jo Baydenning saylovoldi shtabiga avvalroq Tramp jamoasidan o‘g‘irlangan hujjatlarni taklif qilgani haqida xabar berishdi. Avgust oyida Tramp jamoasi hakerlik hujumi haqida xabar bergan edi.
Amerika siyosatchilarni o‘ldirish maqsadida til biriktirish
Avgust oyi boshida AQSh rasmiylari Eron tomonidan muvofiqlashtirilgan, amerikalik siyosatchilarga suiqasd uyushtirish fitnasi haqida e’lon qilgandi. Fitna ishtirokchilarining nishonlaridan biri Donald Tramp bo‘lishi kerak edi.
Eron Trampga qarshi fitnaga aloqadorlik va AQShdagi saylov kampaniyasiga aralashish ayblovlarini rad etdi.
Mavzuga oid
17:32 / 27.11.2024
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
10:33 / 27.11.2024
Reuters: Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
09:19 / 27.11.2024
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
18:06 / 26.11.2024