Yevropa Ittifoqi bo‘rilarni ko‘proq otishga ruxsat berdi
YeI davlatlarida bo‘rilar maqomi «qattiq qo‘riqlanuvchi»dan shunchaki «qo‘riqlanuvchi» turga tushirildi - bu milliy hukumatlarga ushbu yirtqichlarni otishga ko‘proq ruxsatnoma berish imkoniyatini taqdim etadi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘rilar populyatsiyasini kamaytirishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Endi bo‘rilar maqomi «qattiq qo‘riqlanuvchi» emas, balki shunchaki «qo‘riqlanuvchi» turga aylanadi, bu esa milliy hukumatlarga ushbu yirtqichlarni otishga ko‘proq ruxsatnoma berish imkoniyatini taqdim etadi. Hozirda YeIda bo‘rilar faqat insonlar va yaylovdagi hayvonlarga xavf tug‘dirsagina ularni otishga ruxsat beriladi. Amalda buning uchun ruxsat olish juda qiyin, ko‘pincha DNK tahlili natijalarini kutishga to‘g‘ri keladi.
Bo‘rilarga nisbatan himoya maqomini pasaytirishga qarshi chiqqan Germaniya atrof-muhit vaziri, «yashillar» partiyasi vakili Shteffi Lemke pozitsiyasini o‘zgartirganidan keyin YeI o‘z qarorini qabul qilishga erishdi. «Oxirgi yillarda bo‘rilar soni shunday o‘zgardiki, mazkur qaror tabiat va hayvonlarni himoya qilish nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi», — deydi u ovoz berish jarayonidan keyin.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. OAVning yozishicha, 2022 yilda uning Dolli laqabli ponisini bo‘ri g‘ajib tashlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropada 20 mingga yaqin bo‘ri mavjud bo‘lib, ular har yili kamida 65 ming bosh qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlaydi.
Fermerlar YeIning rejasidan foydalanib keladi, ammo atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari va ko‘plab olimlar unga qarshi chiqadi. «Himoya maqomining pasaytirilishidan boshqa hayvonlar jabr ko‘rmaydi», — deydi Lemke.
Mavzuga oid
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
18:56 / 19.11.2024
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024