Jamiyat | 17:54 / 27.09.2024
12497
2 daqiqa o‘qiladi

Peshkuda 35 yoshli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi

Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani aytildi.

Foto: Getty Images

Kun.uzʼga ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Peshku tumanida 1989 yilda tug‘ilgan N.B. ismli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etgan. Ma’lumotga ko‘ra, bola tirik qolgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritish uchun Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ma’mura Safoyeva bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan, o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijondagi tug‘uruqxonada 8 oylik homilador ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etgani haqida ma’lum qilingandi. Undan oldin viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida appenditsit tashxisi bilan gumonlanib, operatsiya qilingan ayol vafot etgan edi. Viloyatning yana bir tumani Buloqboshida shifokorlarning beparvoligi sabab sog‘lom chaqaloq o‘limi kuzatilgan. Asakada esa tug‘uruq vaqtida ona va bolaning o‘limi qayd etilgan edi.

Mavzuga oid