O‘zbekiston | 13:36 / 27.09.2024
3859
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshshaharnur» sobiq rahbari yana lavozimiga qaytdi

Toshkent shahar hokimi qarori bilan Umidbek Rajabov «Toshshaharnur» DUK rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Shomansur Ahmedov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. «Toshshaharnur»ni bir necha yildan beri Ahmedov va Rajabov galma-galdan almashib boshqarib keladi.

Umidbek Rajabov «Toshshaharnur» DUK rahbari lavozimiga qaytdi. Tayinlov bo‘yicha 27 sentabr kuni Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha, «Toshshaharnur» DUK rahbari lavozimida ishlab kelgan Shomansur Ahmedov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Umidbek Rajabov «Toshshaharnur» DUK rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

«Toshshaharnur»ni bir necha yildan beri Ahmedov va Rajabov almashib boshqarib keladi.

Masalan, 2022 yil 4 avgust kuni Toshkent shahar hokimi qarori bilan «Toshshaharnur» DUK rahbari vazifasida ishlab kelgan Shomansur Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Umidbek Rajabov tayinlangan.

Toshkent shahar hokimining 2023 yil 23 yanvar kungi qarori bilan «Toshshaharnur» DUK rahbari vazifasini bajaruvchi Umidbek Rajabov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga esa Shomansur Ahmedov tayinlangan.

Shu tariqa, Umidbek Rajabov ikki yil mobaynida ikkinchi bor Shomansur Ahmedov o‘rniga «Toshshaharnur» DUK rahbarligiga qaytgan.  

Mavzuga oid