O‘zbekiston | 14:38 / 28.09.2024
73538
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 30 sentabr-2 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentabrda kechasi +9...+14, kunduzi +20...+25, 1-2 oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentabrda kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25, 1 oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27, 2 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentabrda va 2 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 sentabrda kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25, 1 oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27, 2 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi 30 sentabrda +20...+25, 1 oktyabrda +23...+28, 2 oktyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentabrda va 2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi 30 sentabrda +20...+25, 1-2 oktyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid